Янгиликлар

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tuman 3-sektor rahbari Maruf Qo’ziyevning sektor hududida joylashgan  To’rttom mahalla  fuqarolar yig‘inida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash,  moddiy yordam, uy-joy ta’miri hamda elektr energiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

Tuman hokimi yangi tashkil etilayotgan kasb maktablari bilan tanishdi

✔️ Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. 

Pastdag'omda 10 ta maktabda kasb-hunarga o'qitiladi

Davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

“Buvijonim kiygan liboslar” qalblarga iftixor bag‘ishladi

Pastdarg‘om tumanidagi 15-umumta’lim maktabida “Buvijonim kiygan liboslar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Maktabning yuqori sinf o‘quvchi-qizlari milliy liboslar namoyishi o‘tkazgan tadbirda viloyat targ‘ibot guruhi vakillari, “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi.

OCHIQ BUDJET G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” (https://openbudget.uz/boards-list/1?page=1&region=8&district=99) axborot portali orqali joriy yilning iyul oyida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning 2021-yil 22-apreldag

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM