Muammo bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani hududidagi avtomobil yo‘li yoqasida, yuqori kuchlanishli elektr liniyasi ostida noqonuniy tarzda savdo do‘koni qurilib faoliyat yuritilayotgani tanqid qilingan, holatga e’tibor qaratish so‘ralgan.
Holat ma’sullar tomonidan o‘rganilganda tumanning Bo‘ston MFY “A.Temur” ko‘chasida fuqaro X.D. tomonidan  o‘zboshimchalik bilan ko‘chmasavdo do‘koni qurilganligi aniqlandi. Noqonuniy qurilish olib tashlanib, muammo bartaraf etildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM