Aziz pastdarg‘omliklar!

Joriy yilning 6-7-aprel kunlari Pastdarg‘om tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Men o‘zim o‘qigan maktabga 10 tup daraxt ko‘chati o‘tqazaman" shiori ostida 2 kunlik ko’chat ekish aksiyasi hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha hashar bo‘lib o‘tadi.

Unda har bir fuqaro, tashkilot rahbari va xodimlari o‘z o‘qigan maktabga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish va obodonlashtirish ishlarini olib boradi. 

Hurmatli tumandoshlar, siz ham ushbu aksiyada faol ishtirok eting! Sizning bu xayrli ishda faolligingiz hududingizni yashillikka burkashga va kelajakda toza havoda nafas olishiga hissa qo‘shadi. 

Barchangizni  aksiya doirasida daraxt ko‘chatlarini ekishga chorlab qolamiz.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM