Янгиликлар

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66) 235-58-95, 235-05-83)  tashkil etilgan.

Hokimlik bog’i

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Pastdarg’om tumanida "hokimlik bog’i" barpo qilindi. 3 gektar maydondan iborat ushbu bog’ga 3 mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Tayinlov

Pastdarg’om tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Daniyarov Sherali Abdualimovich Pastdarg’om tuman hokimining tegishli qaroriga asosan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O'quvchilar ta'tilni maroqli o'tkazmoqda

Viloyat hokimining 31-oktyabr kunidagi  teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohat tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbir rejasi ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-6-noyabr kunlari  Pastdarg‘om tumanidagi umumta’lim maktablarining 70 nafar o‘quvchilari 1-chorak yakuni bilan tashkil etilgan ta’tilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan muzey va tarixiy obidalarga  sayohat tashkil etildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM