Sayyor qabul – 2024 

Pastdarg‘om tumanining Go‘zalkent mahallasida mahalla aholisi uchun viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, tuman hokimi V.Murodqobilov hamda sektor rahbarlari ishtirokida aholi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda murojaatlar asosan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash masalalariga oid bo‘lib, aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Ayrim murojaat egalariga tushuntirish berildi, ayrim murojaaatlarga ijobiy yechim topish uchun tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM