Hokim hududlar obodligi bilan tanishdi

Bu galgi manzil Juma shahridan Kattaqo’rg’on tumani chegarasigacha bo‘ldi.

Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli bilan tanishish maqsadida tuman markazidan Kattaqo’rg’on tumani chegarasigacha bo‘lgan hududni o'rgandi.

O‘rganish davomida hokim ushbu hududdan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘l atrofini chiqindilardan tozalash, ariqlarni kovlab, betonlashtirish ishlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi. 

Shuningdek, tuman hokimi noqonuniy qurilmalarga ham e’tibor qaratdi va mas’ullarga shunday qurilmalarni qonunda belgilangan tartibda bartaraf etish vazifasini yukladi. Katta yo‘l yoqasida joylashgan savdo do‘koni egalari bilan ham uchrashib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan hududda, betartib yotgan mahsulotlari bartaf etish va obodonlashtirish bo‘yicha tushuntirish olib bordi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM