Hokim Go‘zalkentda aholi muammolarini o‘rgandi

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar natijadorligini 2023-yilda Olti qahramon mahallasida amalga oshirilgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu islohatlar davomi sifatida tumanning Go‘zalkent mahallasida ham “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida ishlar boshlandi. 

Bugun Mazkur mahallada tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov Respublika ishchi guruhi hamda mahalla mas'ullari ishtirokida xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari o‘rganildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM