Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Pastdarg‘om tumani kengashining tashkiliy yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi

Pasdarg‘om tuman Madaniyat uyida Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Pastdarg‘om tumani kengashining tashkiliy yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov, tegishli tashkilot vakillari, faollar hamda 107 mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar yangi tashkil etilayotgan ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son Qarori bilan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Jumladan,  Pastdarg‘om tumaniyoshlar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining tashkiliy yig‘ilishlarini 2024-yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis Konferensiyasini Pastdarg‘om tumanida o‘tkazish;
 Pastdarg‘om tumani mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining tashkiliy yig‘ilishlarida Davlatimiz Rahbarining mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan Farmoni va Qaroridan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarni hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis Konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash kabi masalalarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis Konferensiyasida Pastdarg‘om tumanidan 1 nafar, shuningdek, tuman mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishida 16 nafar delagatlar hamda tuman mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishida 107 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishlari to‘g‘risidagi kelishib olindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 16 nafar delegatlarni saylab olindi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM