Yurt qahromoni Lochin Xayitov xotirlandi

Umr yo‘lini Vatan ravnaqi, el tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida safarbar etib, ona yurti oldida o‘z farzandlik burchini bajarish chog‘ida shahid bo‘lganlar xotirasi xalqimiz qalbida mangu barhayot. Pastadg‘om tumani Novchandir mahallasida tug‘ilgan Lochin Xayitov ham ana shundaylardan. 

Markaziy xarbiy okrug hamda Pastdarg‘om tuman Mudofaa ishlari bo‘limi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Xayitov Lochin Erkayevichni xotirlab, uning oilasi xolidan xabar olishdi. Mas’ullar tomonidan uning yaqinlariga tegishli pul mukofoti hamda estalik sovg‘alari topshirildi.

Yurt tinchligi yo‘lida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan Lochin Xayitovning qahramonligi xalqimiz yodidan hech qachon ko‘tarilmaydi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM