Tuman tibbiyot birlashmasida

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida tibbiyot muassasasi tomonidan fuqarolarga ko’rsatilgan xizmatlar sifatining bugungi ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama davomida har bir bemor bu yerga shifo istab kelishi, muassasa xodimlari esa ularga beminnat xizmat ko’rsatishi lozimligi yana bir bor eslatildi. Shuningdek, faoliyati davomida sustkashlikka yo’l qo’ygan, o’z kasbiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondoshgan xodimlar tanqid ostiga olindi. Bunday xodimlarning faoliyati o’ganilib, ularga nisbatan huquqiy baho berilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash zarurligi ko’rsatib o’tildi. 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM