Xotin-qizlar faollariga tushunchalar berildi

Pastdarg`om tumanida 107 nafar xotin-qizlar faollari ishtirokida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” tamoyili ostida olib borilgan ishlar davomida to‘plangan tajribalarni barcha mahallalarda tadbiq etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida, respublika va viloyat masʼullari tomonidan "Oltiqahramon" mahallasida amalga oshirilgan ishlar, hamda ularni boshqa mahallalarda joriy etish va ommalashtirish borasida so‘z yuritildi.

Seminar so‘ngida 2023 - yil 24- noyabrdagi 8-sonli bayonda ko‘rsatilgan vazifalar haqida xotin-qizlar faollariga tushunchalar berildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM