“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 620 ming tup daraxt ko‘chatlari ekiladi 

Pastdarg‘om tuman hokimligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi kuzgi mavsumi doirasida ko‘chat ekish ishlarini sifatli tashkil tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov, revpublika vakili Saydulla Niyozov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Joriy mavsumda tumanda aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari dala maydonlari, korxona va tashkilotlar hamda maxsus bog‘larga iqmlimimizga mos  jami 620 ming tup mevali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar ushbu masumni sifatli tashkil etish, ko‘chat ekish bilangina maqsadga erisholmasligi, ularni parvarishlash, vaqtida sug‘orishni ham hisobga olish lozimligi, buning uchun biriktirilgan mas’ullar nihollarning o‘sib, rivojlanib ketishini albatta, nazoratga olishi zarurligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM