Mahallalardagi «beshlik» «yettilik»ka aylanadi

Joriy yil 26-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

Unda davlatimiz rahbari “Mahalla beshligi” samarali ishlayotgani qayd etilib, shu bilan birga “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodimni ham qo‘shib “mahalla yettiligiga” aylantirish taklifini ilgari surgandi. 

Bugun Pastdarg‘om tuman 1-sektor shtabida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov sektor a’zolari hamda mavzuga aloqador soha rahbarlariga  ana shu yangi tuzilmaning faoliyati bo‘ycha yig'ilganlarga zarur tushunchalar berdi. Mahalladagi yettilikka biriktirilayotgan vazifalar xuususida to‘xtalib o‘tdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM