Pastradg'omda "Xalqaro qizlar kuni" nishonlandi

11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Pastdarg`om tuman Oila va xotin-qizlar bo`limi tomonidan  Olti qahramon mahallasida joylashgan 23-son musiqa maktabida tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda izchil amalga oshirib kelinayotgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida qizlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlarni yaratib berilayotganligi, ularning har bir sohadagi qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi.  

Tadbir davomida iste’dodli qizlar tomonidan ijro etilgan raqs, kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. shuningdek, tadbida faol ishtirok etgan qizlar tashkilotchilarning tashakkurnoma va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM