Olti qahramonda tomorqa madaniyati shakllanmoqda

Pastdarg‘om tumani Olti qahramon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida olib borilayotgan ishlar natijasida  mahalla infratuzilmalari yaxshilanmoqda. Shuningdek,  mas’ullar tomonidan tomorqadan unumli fodalanish bo‘yicha xonadonma-xonadon yurib targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari imkoniyati cheklangan oilalarning umumiy hisobda 12 gektar tomorqalari haydalib, 2 ming kilogram piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa turdagi ekin urug‘lari tarqatilib, to‘qsonbosti ekinlari ekib berildi.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM