Hokim yordamchilari uchun seminar tashkil qilindi

Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida Pastdarg‘om tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Ushbu maktab 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 22 sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalari mavjud. Maktabning bo‘sh turgan yer maydonida yengil konstruksiyalardan qo‘shimcha xonalar qurilib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarga 16 xil kasb-hunar o‘rgatish kurslari yo‘lga qo‘yilgan.  

Maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchilik, mebelchilik, avtomobil ustasi kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.  

Pastdarg‘om tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Pardayev hamda mahalalardagi hokim yordamchilaridan iborat seminar ishtirokchilari Oqdaryo tajribasi bilan yaqindan tanishdi. To‘garak rahbarlari va o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ish tashkil qilish, erishilgan natijalar bo‘yicha tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘ldi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM