Olti qahramon mahallasi gulzorga aylantirilmoqda

Pastdarg‘om tumani Olti qahramon mahallasi “obod xonadon”, “obod ko‘cha”, “obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlar natijasida o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda.

Jumladan, mahallaga 5000 tupdan ziyod  xrizantema gullari ekilmoqda. Ushbu noyob gunning boshqa gullardan farqli jihati shundaki, u -3  gacha  sovuq xaroratda ham ochilib, yashnab turaveradi. Ko‘p yillik hisoblangan xrizantema guli bahorda ildizidan yana ko‘karib chiqaveradi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM