Pastdarg’om tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumi bo‘yicha axboroti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarorining nizom talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2023-yil 1-mavsumda Pastdarg’om tumani bo‘yicha jami 16 ta loyiha g‘olib bo‘lib, jami 11922,0 mln so‘m mablag‘lar loyihalar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 apreldagi PQ-117-sonli qarorga asosan respublika budjetidan qo'shimcha 2000,0 mln so’m mablag’ ajratilib 2 ta loyihalar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan. 2023 yil 2-mavsumda Pastdarg’om tumani bo‘yicha jami 10 ta loyiha g‘olib bo‘lib, jami 13258,2 mln so‘m mablag‘lar tegishli tartibda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha jamg’armaga o’tkazib berilgan.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM