Mahalla obod bo‘lishi uchun xonadonlar ham obod bo‘lishi kerak

Davlatimiz rahbarining “obod xonadon”, “obod ko‘cha”, “obod mahhala” mezonlari asosida joylarda ishlarni qilish tashabbusi bejiz emas. Agar xonadon, ko‘cha obod bo‘lsa, mahalla ham obod bo‘ladi. 
Bugungi kunda Pastdarg‘om tumani Olti qahramon mahallasini obod maskanga aylantirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xonadonlar oqlanib, ko‘chalar chiqindilardan tozalonmoqda. Aholi o‘z tomorqasiga to‘qsonbosti ekinlarini ekib, dasturxoni to‘kin sochinligiga zamin yaratmoqda. Mahallada olib borilayotgan bunday ishlar aholining ertangi kuniga ishonchini oshirib, Olti qahramonni fayzli maskanga aylantirmoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM