Xon atlas milliylik timsoli

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 28-sentyabr kuni mamlakatimizning barcha hududlari – mahallalar, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Shundan kelib chiqib Pastdarg‘om tumani Olti qahramon mahallasida joylashgan "Yoshlar bog‘i”da ham "Atlas bayrami" festivali o‘tkazildi.  Mazkur festivalda tumandagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘zlarining milliy liboslari ko‘rgazmasi bilan faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida onaxonlar tomonidan kelin salomlar, laparlar aytildi. Shuningdek, qizaloqlar tomonidan ishro etilgan kuy-qo‘shiq hamda raqslar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. 

Tadbirda faol ishtirok etgan otinoyilar, raqqosa qizlar va eng chiroyli atlas va adras kiygan xotin-qizlar tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM