Pastdarg‘om tumanida joriy yil paxta hosilidan 54.5 ming tonnalik ulkan xirmon yaratish rejalashtirilgan

Ayni kunlarda tuman dalalarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallada. 
Pastdarg‘om tumanida joriy yilda paxtachilik sohasida 273 ta fermer xo‘jaliklarida ayni damda 2023 yil hosili uchun, 52 ming tonnalik ulkan xirmon barpo etishda fermer xo‘jaliklari, uyushmagan aholi tomonidan paxta terimi  yuksak saviyada olib borilmoqda  Jumladan, paxta yig‘im-terimi bo‘layotgan fermer xo‘jaligi dalalarida terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilib, xususan, qozon-tavoq va samovorlar tashkil kilinib, issiq ovqat va choy vaqtida berib borilmokda. Terim pullari ham o‘z vaqtida tarqatilmoqda.                  
Tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi S.Parmonov tumandagi fermer xo‘jaliklari dalalarida  paxta-yig‘im-terimida qatnashayotgan ilg‘or terimchilarga ularning samarali mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida terimchilarga esdalik sovqalari topshirib, ko‘trinkilikni oshirmoqda.
Shuningdek,  tumandagi Bobur MMTP hududidagi faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Turkman bobo” fermer xo‘jaligi dalalarida bugunda terim avji baland. 78 tonna rejani birinchi terim bilan bajarish arafasida. Mazkur fermer xo‘jaligi paxta dalalarida terimchilarga estalik sovg‘alari tarqatilmoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM