Pastdarg‘om tumanida tarmoqlarni yangilash ishlari  davom etmoqda

Pastdarg’om tumanida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mahallalarda bir qator ishlar amalga oshrlmoqda.

Xususan, tumanning Qorag‘uppa mahallasi aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2226-sonli transformator punktini yuklamasini kamaytirish maqsadida 1 dona quvvati 100/10 kV transformator punktini qurish va eski elektr simyog’ochlar  o‘rniga yangi temir beton tayanchlari o‘rnatilib, SIP kabellari tortish ishlari bajarildi.

Shuningdek, tumandagi Yuqori Bog‘onali mahallasida 250/10 kV transformator punkti o‘rnatish, Beshbola hamda Iskandariy mahallalarida yangi tarmoq qurish ishlari olib borilmoqda. 

Ayni kunlarda ham tuman hududida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM