Tuman hokimi yangi tashkil etilayotgan kasb maktablari bilan tanishdi

✔️ Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. 

Shulardan 3 tasi 1-sektor hududida joylashgan 28-, 82- hamda 111-umumta’lim maktabida tashkil etish belgilangan.
Pastdarg‘om tuman hokimi, 1-sektor rahbari Vahobjon Murodqobilov ushbu maktablarda bo‘ldi.  

Jumladan, 111-umum talim maktabida  sartaroshlik, qandolachilik, tikuvchilik hamda Veb dizaynerlik yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga o‘rgatish belgilangan. Shu kunga qadar o‘quvchilarni kasbga o‘qitish uchun zarur bo‘lgan jihozlari olib kelib o‘rnatilgan. Sektor rahbari qo‘shimcha o‘rnatilishi talab etiladigan jihozlarni qisaqa fursatda tashkil etish bo‘yicha o‘ziga vazifalar belgilab oldi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM