“Buvijonim kiygan liboslar” qalblarga iftixor bag‘ishladi

Pastdarg‘om tumanidagi 15-umumta’lim maktabida “Buvijonim kiygan liboslar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Maktabning yuqori sinf o‘quvchi-qizlari milliy liboslar namoyishi o‘tkazgan tadbirda viloyat targ‘ibot guruhi vakillari, “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi.
Aslida buvijonlarimiz kiygan liboslar qulay va ko‘rkam. Unda milliyligimiz aks etgani bois asrlar davomida  urfdan qolmaydi, qadr-qimmatini yo‘qotmaydi. Buni esa o‘quvchi-qizlar yana bir karra isbotladilar.
Tadbir davomida fan, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan 15-umumta’lim maktabining iqtidorli qizlari viloyat targ‘ibot guruhi tamonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘nggida o‘quvchi-qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish qilindi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM