Sektor rahbarlari deputatlarga hisob berdi

Pastdarg‘om tumani madaniyat uyida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari  to‘qson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini kengash kotibiyat mudiri F.Ismoilova olib bordi.
Sessiyada tumanning 4 ta sektor rahbarilarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish kabi masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan hisoboti tinglandi.  
Hisobot davomida sektor rahbarlari yil yakuniga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirgan ishlari shuningdek, o‘zlariga tegishli mahallalarda qanday ishlar oshirilishi borasida batafsil ma’lumot berdi. Hisobot yakunida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha javob oldi va taklif mulohazalarini bildirildi.
Sessiya yakunida yuqoridagilardan kelib chiqib qaror qabul qilindi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM