Deputatlar yangi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tizimi bo‘yicha ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”dagi faromnidan kelib chiqib, Pastadarg‘om tumanida ham dastur ishlab chiqilgan. Unda kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan namunaviy professional  ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Unga ko‘ra, tumandagi 21-, 56-, 111-umumta’lim maktalari tajriba sinov tariqasida  kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha 4 ta yo‘nali va bitta qo‘shimcha xorijiy tilni o‘qitish belgilangan.  Ushbu o‘quv kurslari joriy yilning sentyabr oyidan faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.  
Xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh ushbu maktablarda kasb-hunarga o‘qitish va til o‘rgatish bo‘yicha uquv va amaliyot xonalarining jihozlanganli, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan muhokama qilindi. Muhokama davomida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha xonalar ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi ta’kidlandi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha esa tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga hulosalar berilib, bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM