Diyora Keldiyorova ikki karra “Masters” turniri sovrindori!

Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova faoliyatida ikkinchi bor “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqaning sovrindoriga aylandi. Vengriya mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etgan tumandoshimiz bronza medaliga ega chiqdi.

Dzyudochimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsni atigi 45 soniya ichida mag’lub etdi. Ushbu gʻalaba Keldiyorovaga jahon va Olimpiada reytingi uchun 900 ochkoni taqdim qiladi. Eslatib oʻtamiz, sportchimiz 2019-yil Xitoy mezbonlik qilgan “Masters” musobaqasida ilk bor shohsupaga koʻtarilgan edi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM