Olti oydа qancha fuqaro ishga joylashdi?

Аholi bandligini ta`minlash bo`yicha bu yil oldimizga juda katta vazifa qo`yilgan, - dedi tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari J.Pardayev. - Joriy yilning birinchi yarmida 29613 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta`minlandi. Shundan,11692 nafari doimiy, 13739 nafari mavsumiy ishga joylashtirildi, 4182 nafar "konvert" usulida ishlaydiganlar ish joylariga qonun doirasida rasmiylashtirildi.

Joriy yil davomida "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida 86,7 milliard so`m imtiyozli kredit va 3,5 milliard so`m subsidiya mablag`lari ajratilishi ko`zda tutilgan edi. Shundan, o`tgan yarim yilda 2169 nafar fuqarolarga jami 43 milliard so`mlik imtiyozli kredit mablag`lari ajratildi. Jumladan, tikuvchilik bo`yicha 548 nafar fuqaroga 5 629 million, issiqxona qurish uchun 172 kishiga 5 148 million, xizmat ko`rsatish yo`nalishida 169 nafar fuqaroga 4 567 million, qishloq xo`jaligi mini­texnikalari va asbob uskunalar olish uchun 131 nafar fuqaroga 3 278 million, chorvachilik yo`nalishida 177 kishiga 5 576 million, dehqon xo`jaliklari uchun berilgan yerlarida artezian quduqlari qurish uchun 83 nafar fuqaroga 1 966 million so`m kredit mablag`lari ajratildi.

Shuningdek, hunarmandchilik, asalarichilik, ishlab chiqarish hamda dala do`konlari tashkil etish uchun 140 kishiga 3 321 million va boshqa yo`nalishlarda 749 nafar fuqaroga 13 515 million so`m kredit berildi.

152 tadan ortiq "mahallabay" mikroloyihalar imtiyozli kredit mablag'lari evaziga ishga tushirilib, 449 nafar ish o'rinlari yaratildi.

- Muhriddin Akramov bankdan 30 million so'm imtiyozli kredit hisobidan pishiriq pechi olib, qandolatchilikni yo'lga qo'ydi, - dedi M.Ulug'bek mahallasi hokim yordamchisi Asror To'rayev. - Uning non va qandolat mahsulotlari tayyorlayotgan sexida 4 nafar mahalladoshlari ham ishli bo'ldi. Yana bir fuqaromiz Nasiba Xodjayeva ham bankdan 30 million so'm moliyaviy madad olib tadbirkorlikni boshladi. U ham 3 nafar mahalla yoshlari bandligini ta'minlab, non va non mahsulotlari ishlab chiqarayapti. Aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish maqsadida "Temir daftar"dagi Nuriya Berdiyevaning ishga layoqatli o'g'liga subsidiya asosida moto­kultivator, Elmira Begimqulovaning o'g'liga inkubator berildi. "Ayollar daftari" da turgan 2 nafar fuqaroga pishiriq pech berildi. 2 nafariga esa 5 million so'mdan imtiyozli kredit rasmiylashtirildi va hozirgi kunda ular tikuvchilik yo'nalishida faoliyat boshlagan. Shuningdek, "20 ming ishsiz 500 ta tadbirkor" loyihasi asosida 45 nafar ishsiz fuqarolar tadbirkorlik subyektlariga biriktirilib, bandligi ta'minlanyapti.

G.UBAYDULLAYEVA.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM