Vatanparvarlik va sport tadbirlari bo'lib o'tdi.

Pastdarg‘om tumanidagi Uchtepa mahallasida yoshlarni ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamondan otish sport turiga keng jalb etishga qaratilgan vatanparvarlik va sport tadbirlari bo'lib o'tdi.

Unda yoshlarga qurol aslahalarni to'liq va noto'liq qismlarga ajratish va yig'ishga qaratilgan mahorat darslari, arqon tortish, shaxmat va shashka bellashuvlari hamda yoshlarning jangovor sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo'riqlash   boshqarmasi Pastdarg‘om tumani qo'riqlash bo‘limi tomonidan bir guruh yoshlar o‘rtasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, g'oliblar tuman qo'riqlash bo'limining  ma'sul xodimlari tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM