Men Donorman

Donorlik qiling va insonlar hayotini saqlab qoling!

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Qon topshir — hayot in'om et!” xayriya aksiyasi  tumanimizda ham qizg'in davom etmoqda.

Xususan, Pastdarg‘om tumani markaziy shifoxonasi jamoasining ko‘ngillilar guruhi hamda o‘z xohishi bilan qon topshirishga qaror qilgan tuman aholisi beg‘araz donor sifatida qon topshirishdi.

Tumanda donorlik qoniga ehtiyoji bo‘lgan ko‘plab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytishiga umid uyg‘onadi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM