“Sport nafislik va salomatlik manbai”

Bugun Pastdarg'om tumanidagi 2-son BO'SM ida 3-10 mart kunlari “Xotin-qizlarni e'zozlash haftali” doirasida xotin-qizlar o'rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari o'tkazildi.

Sport musobaqalarida 107 ta mahalla fuqarolar yig'inining xotin-qizlar masalalari bo'yicha rais o'rinbosarlari va mahalla faollari qatnashdilar. Ishtirokchilar sportning quyidagi turlari bo'yicha o'zaro bellashdilar:
-  Basketbol
-  Voleybol
-  Stol tennis
-  Shaxmat-shashka
-  Badminton

Tadbir so'ngida tuman hokimligi va davlat tashkilotlari kasaba uyushmasi tomonidan 1,2 va 3- o'rinni egallagan g'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM