Tuman hokimligi xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy, ma'naviy-marifiy o‘quv soati o'tkazildi

O‘quv soatida hokim o‘rinbosarlari, hokim maslahatchilari, bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi. O‘quv soatida tugallanayotgan hafta davomida yurtimiz va jahonda yuz berayotgan muhim vaoqea-hodisalar, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Buranovning "Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmasini rivojlantirish borasida qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ishnayevaning 14- fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Shox va Shoir" mavzusidagi ma'lumotlari tinglandi.

O‘quv soati davomida ishtirokchilar yuqoridagi mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM