❗️Pensiya va nafaqa oluvchilar diqqatiga!

 Pensiya jamg‘armasi hamda Xalq bankining
QO‘SHMA BAYoNOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son Farmoniga muvofiq pensiya va nafaqa pullari har oyning
27-sanasiga qadar to‘lanishi ta’minlanmoqda.

Xususan, to‘lovlar har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga borgan holda yetkazilmoqda.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli farmoniga asosan 2021-yilning 1-5-sentabr kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi.  

Shu munosabat bilan fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki quyidagilarni ma’lum qiladi:

-  sentyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 6-7-sentabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi;

- pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 6-7-sentabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta’minlanadi. 

Bank Axborot xizmati.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM