Muammo ijobiy hal qilindi
Thu, 29/07/2021 - 10:38Pastdarg`om tumanidagi “Olmazor” mahallasidan “Chandir” mahallasiga chiqiladigan yangi asfalt yo'lni bir oydan beri suv bosgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi. Tuman hokimligi ma'sullari bilan birgalikda ushbu joy ko`zdan kechirilib, zudlik bilan chora tadbirlar ko`rildi. Mahalla oqsoqoli boshchiligida hashar uyushtirilib, ariqlar qazildi, yon-atrofni obodonlashtirishga kirishilgan va muammo ijobiy hal qilindi.