Tuman hokimi yangi tashkil etilayotgan kasb maktablari bilan tanishdi
Sat, 23/09/2023 - 13:50✔️ Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.