Янгиликлар

Hurmatli pastdargʼomliklar hamda tumanimiz mehmonlari!

Joriy yilning 19-mart kuni Pastdargʼom tumanining Oltiqahramon mahallasi hududida joylashgan “Yoshlar bogi”da Navroʼz umumxalq bayram sayli boʼlib oʼtadi.

Bayram saylida tuman tashkilotlari, taʼlim muassasalari, mahallalar tomonidan ayyom bilan bogʼliq urf-odat va anʼanalar, milliy taomlar koʼrgazmalari tashkil qilinadi. Bir qator milliy va xalq oʼyinlari namoyish etiladi. 

Joriy yilning 16-, 17- 18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi.

«Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, tabarruk maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Joylarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Aziz pastdarg‘omliklar, siz ham ushbu umumxalq xayriya hasharida faol bo‘lishing!

Очиқ бюджет орқали асфалт ётқизилади

Ижтимоий тармоқда Пастдарғом тумани “Амир Темур” маҳалласи Катта Найман кўчаси 10 йил олдин ташкил топган бўлса-да, марказий кўчалар шу вақтга қадар асфалтлаштирилмаганидан шикоят қилинган.

 

Ҳолат масуллар томонидан ўрганилди. Кўчага туман ободонлаштириш бошқармаси томонидан шағал-тош ётқизилди.

 Hokim va yoshlar uchrashuvi

Pastdarg‘om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov tumanning Oltiqahramon mahallasida yoshlar bilan uchrashuv  o‘tqazdi.

Unda hokim yoshlarning taklif, tashabbus va murojaatlarini tingladi. Shuningdek, ularning loyihalari, g‘oyalari, fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv chog‘ida ishtirokchi yoshlar murojaatlariga yechim izlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM