Pastdarg'om tuman FVB botulizm kasalligidan ogohlantiradi!
Sat, 25/11/2023 - 15:27Zaharli bo‘lgan yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar saqlovchi oziq - ovqat mahsulotlari iste’mol qilinishi natijasida organizmda yuzaga keluvchi kasallik holati ovqatdan zaharlanish deyiladi. Bu kasallik - odamlarni ommaviy, guruhli va alohida jabrlanishlari ko‘rinishida yuzaga keladi. Ovqatdan zaharlanishlar kutilmaganda yuzaga kelishi va qisqa davomiyligi bilan xarakterlanadi.