“Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili

Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov mahallalarda bo‘lib, “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.  Mahalla yettiligi bilan uchrashib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hususida suhbat o‘tkazdi. 

Jumladan, tuman hokimi Yangi qishloq mahalla fuqarolar yig‘ini yettili bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yettilikdan “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida mahallada qilinayotgan ishlar hususida fikrlarini tingladi.

 Yangi qishloqliklar kam yerdan ko‘p daromad olishning hadisini olgan. Misol uchun ushbu mahallada yashovchi Ilhom Noqulov bundan 4-5 yil oldin 4 sotix yerda 60 tup limon yetishdirdi . Bugungi kunda har tup limondan o‘rtacha 50 kilogramgacha hosil olmoqda. Agar bir yillik hosilni 3 tonna deb olsak, limon mevasining bugungi narhi bilan o‘rtacha 60 million so‘m daromad degani.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM