“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari tumanimizda ham davom etmoqda. Bugun 25-yanvar kuni 55-son madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida Oq oltin mahallasi faollari, o‘qituvchilar,  madaniyat xodimlari, yoshlar, 75014-harbiy qism zobitlari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar  mamlakatimizda 2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi, yoshlarga va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart sharoitlar bo‘yicha atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Bundan tashqari yangi taraqqiyot davriga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, farzandlarimiz ongida Vatanga muhabbat, yurtimiz kelajagiga daxldorlik, tinch, erkin va farovon hayotning qadriga yetish tuyg‘usini kuchaytirishning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladilar. Tadbir so‘nggida madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM