“O‘zbekiston-2030 strategiyasi”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan Pastdarg‘om tuman IIB  binosida joriy yilning keng jamoatchilik ishtirokida kengaytirilgan sayyor uchrashuv va sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sayyor sud majlisida Pastdarg‘om tumanida qizil hududga kiritilgan mahalla faollari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, tarbiyasi og‘ir yoshlar hamda probatsiya guruxida ro‘yxatda turuvchi mahkumlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi raisi A.Mamarahimov va sud’ya A.Haydarovlar ishtirokchilarga “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni hamda Prezident Qarorini va O‘zbekiston Republikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi O‘RQ-869-sonli  Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek, “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustaxkamlashga  qaratilgan tub islohotlar O‘zbekiston uchun doim ustuvor ” mavzusida, “Korrupsiya-tarraqiyot kushandasi”, “Odam savdosi”,  “Chaqaloq savdosi” hamda “Sud huquq isloxotlari” mavzusida ma’ruzalar qilishdi. Shundan so‘ng,  jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudyalari tomonidan keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida kengaytirilgan sayyor sud majlisi o‘tkazishdi. 
Yig‘ilishi oxirida ishtirokchilar jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olishdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi raisi       
A. Mamaraximov,
sud’ya A.Haydarov.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM