“Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama

Pastdargʻom tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi. 

Buyuk Murodullayev, 
Pastdargʻom tumani hokimining maslahatchisi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM