Eslatib o‘tamiz

Pastdarg‘om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov hamda viloyat ishchi guruh vakillari fermer ho‘jalik dalalarida bo‘lib,  fermerlar tomonidan o‘zlarining ekin maydonlariga suv keltiruvchi ariqlarning betonlashtirish xolatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ariqlarni sifatli betonlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz tumanda 2023-2024-yillar kuzgi-qishki mavsumda ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish bo‘yicha 291 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 297 kilometr hamda 107 mahallalarda 129 kilometr betonlashtirish va 1152 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash rejalashtirilgan. Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan 62,5 kilometr, mahallalarda 33,2 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlari betonlashtirildi hamda 881,7 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash ishlari amalga oshirildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM