Xarbiy vatanparvarlik karvoni

Samarqand garnizonidagi 75061 harbiy qism  targ'ibot guruhi Pastdarg'om tuman Mudofaa ishlari bo'limi bilan hamkorlikda "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o'rtasida milliy armiyamiz bilan faxrlanish kabi tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida Pastdarg'om  tumanining To'rtayg'ir hamda Parcha Chandir mahallalarida "Xarbiy vatanparvarlik karvoni" taskil etildi.

Tadbir davomida jangavor chiqishlar, saf elimentlari, xizmat itlarining chiqishlari, faxriy qorovulning ko'rgazmali chiqishlari, qo'l jangi ustalarining jangovar harakatlari hamda  Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlarini ijro etilgani yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat bag'ishladi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM