Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

Shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab joylarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan shunday tadbir bugun tumanimizdagi 12 ta mahallada maxsus belgilangan jadval asosida o‘tkazildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda tuman kengashi deputatlari,  mahalla faollari, ijodkorlar hamda imom xatiblar ishtirok etmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarni xabardor qilish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarga keng aholi qatlamlari ham jalb etilgan.

Shuningdek, tadbirlar davomida  tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan taqdim qilinayotgan turli chiqishlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM