Qoqsoyda muammolar bartaraf etiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumanining “Qoqsoy” (xalq tilida Qurilish) mahallasida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yetishmasligi, elektr simyog‘ochlar ta’mirtalabligi hamda suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar kuzatilayotgani tanqid qilingan.

Qoqsoy mahallasida o‘tgan ikki yil ichida mahallaga olib boruvchi yo‘lda yirik hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Qariyb 7 kilometr masofadagi yo‘l asfalt qilindi.  11 ta ko‘chaning 7 tasiga tosh to‘kilib, 2 tasi asfalt bo‘ldi. Ko‘chalar va ariqlar, turarjoy binolari, ijtimoiy soha ob’yektlari atrofi tartibga keltirilib, obodonlashtirildi. 2022-yilda 95-umumta’lim maktabi uchun 185 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo etildi. Aloqachilarning 2 ta mobil aloqa antennalari o‘rnatishi natijasida bu boradagi muammo ham hal etildi.

Fuqarolarning e’tirozlari asosli, hali mahallada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bor, albatta bosqima bosqich bartaraf etiladi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM