Balxiyon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Pastdarg‘om tuman 2-sektor rahbari E.Axmedjonov Balxiyon mahallasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi muammolarini hal etish borasida qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash, pasportini yangilash, imtiyozli kredit olish,  uy-joyini kadastr qilish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi. Ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM