HOKIM E’TIROZIDAN SO’NG ....

-  Xayriyat hovlida emin-erkin yuradigan bo’ldik. 

-   Shuni ayting. Mashinalar shovqinidan orom olib bo’lmasdi bu yerda. 

Pastdarg'om tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlarning yuqoridagi o’zaro muloqotini bejizga keltirmadik.  Avvalgi xabarlarimizda tuman hokimi hamda tuman prokurori bir necha bor ushbu muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o’rgangandi. Yakunida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov  “Shifoxona hududi nega taksi “bekati”ga aylangan?”, deya e'tiroz bildirgandi.  

Ko’rib turganingizdek, bugun shifoxona hududida birorta mashina to’xtab turgani yo’q. Bundan tuman tibbiyot birlashmasiga shifo istab kelgan bemorlar ham, xodimlar ham mamnun. 

Shu o'rinda ko’ngildagi bir savolni aytging keladi. Shifoxona hududiga xodimlar va fuqarolarning shaxsiy avtomashinalari kirishi mumkin emasligini tibbiyot muassasasi ma’muriyatdagilar bilishmasmidi? 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM