Yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Pastdarg‘om tuman prokuraturasi jinoyat ishlari Pastdarg‘om tuman sudi bilan hamkorlikda tumanning Madaniyat uyi binosida, tumandagi maktablarda ta’lim olayotgan muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar, jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish yoqasiga kelib qolgan yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sud majlisida 3 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 1 nafar shaxsga nisbatan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuningdek, jinoyat sodir etib, hozirda qilmishidan pushaymon bo‘lib tuzatish yo‘liga o‘tgan 28 nafar mahkumlarga nisbatan jazo yengillashtirildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM