Mas'uliyatsiz mas'ullar

Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning isitilish ahvoli bilan tanishish maqsadida maktablarda bo‘ldi.

O‘rganish davomida barcha imkoniyatlar bo‘la turib, sinfxonalari isitilmagan maktablar ham borligi ma’lum bo‘ldi. 
 
 Jumladan, 24-umumta’lim maktabi  ko‘mir bilan isitishga ixtisoslashgan bo‘lib, qozonxona va isitish tizimi bugungi kun talablariga javob  beradi. Maktab uchun 47 tonna ko‘mir ham yetkazib berilgan, ammo sinfxonalar isitilmagan, o‘quvchilar esa issiq kiyimlarda o‘tiribdi.  Bunga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ham befarq qarab kelgan. Holat bo‘yicha tuman hokimi maktab direktorini qattiq ogohlantirdi.  Shu paytning o‘zida maktabda isitish tizimi ishga tushirildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM