"Go`zalkent" mahallasida targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi

Kelgusi yilning I choragida Pastdarg`om tumanida  “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish rejalashtirilgan "Go`zalkent" mahallasida targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi.

Bugun Respublika ishchi guruhi a’zolari viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Pastdarg`om tumani hokimligi mas’ullari bilan birgalikda 2024 yilning I choragida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish belgilangan Pastdarg`om tumanidagi "Go`zalkent" mahallasida “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ko‘chaboshi ayollar, hoji onalar va mahalla faollari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish tartib-taomillari, oilalar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, xonadon madaniyati va gigiyenasi kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda ushbu yo‘nalishlarda oilalarda zarur targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM